Rustam Sa'dullaev Qirg‘izistondagi «Shuhrat» xiyobonida o‘z dastxatini qoldirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahridagi filiali professori Rustam Sa'dullaev Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Shuhrat» xiyobonida o‘z qo‘l izi va dastxatini qoldirdi.
Ta'kidlanishicha, Rustam Sa'dullaev bunday sharafga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Shuningdek, marosimda Qirg‘iziston Kinematografchilar uyushmasi raisi va Madaniyat vaziri ishtirok etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring