Rustam Qosimjonov katta shaxmatga qaytmoqda. U yana nufuzli turnirda ishtirok etadi
Foto: Chesspro
Toshkentda “Rustam Qosimjonov kubogi — 2024” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
“UzChess” xabariga koʻra, ushbu turnir 8-9-iyul kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirning vaqt nazorati “Rapid 15+10” shaklida boʻlib oʻtadi.
Musobaqa ishtirokchilari ham ushbu kubokning obroʻsini koʻtarib beradi.
“Rustam Qosimjonov kubogi — 2024”da Oʻzbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Rustam Qosimjonov qatnashadi. Bundan tashqari, musobaqada Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi Parham Maghsoodloo, ozarboyjonlik Shahriyar Mamedyarov, blis shaxmat boʻyicha uch karra jahon chempioni, rossiyalik Aleksandr Grishchuk, ruminiyalik Richard Rapport kabi kuchli grossmeysterlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring