Ruminiya Ukrainadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi
Illyustrativ foto
Ruminiya Ukrainadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy qildi.
Ruminiya shu yilning 5-iyunigacha Ukrainadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Bu haqda Respublika veterinariya sanitariyasi va oziq-ovqat xavfsizligi milliy boshqarmasi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Ukrainadan mamlakat hududiga bugʻdoy, makkajoʻxori, kungaboqar va kungaboqar yogʻini olib kirish taqiqlangan. Ushbu choralar 2-maygacha tuzilgan shartnomalarga taalluqli emas. Оlib kirish va chiqish joylarida qatʼiy nazorat qoidalari oʻrnatiladi.
Avvalroq, Yevrokomissiya (YEK) 5-iyungacha Ukraina don va yogʻli oʻsimliklarni Ruminiyaga eksport qilishni taqiqlashi maʼlum boʻlgan edi. Aniqlik kiritilishicha, qaror Polsha, Vengriya, Bolgariya va Slovakiya tomonidan bir tomonlama import taqiqi bekor qilingan taqdirda kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring