Rossiyaning Mozori-Sharif (Afgʻoniston) shahridagi konsullik idorasi xodimlari Oʻzbekistonga vaqtincha koʻchirildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov qator ommaviy axborot vositalari vakillarining murojaatlariga javoban ushbu xabarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
“Darhaqiqat, hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasining Hayraton shahridagi (Afgʻoniston) konsullik muassasasida faoliyat yuritgan diplomatlar Oʻzbekiston hududiga muvaffaqiyatli tarzda olib kelindi”, - deb taʼkidlagan Oʻzbekiston tashqi siyosat mahkamasi rasmiy vakili Telegramdagi sahifasida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring