Rossiyaning mashhur "5 kanali"ning ommabop teledasturi O‘zbekistonda suratga olinmoqda

11:22 25 Fevral 2025 Jamiyat
175 0

O‘zbekiston elchixonasi va Turizm qo‘mitasi ko‘magida Rossiyaning mashhur "5 kanal" ijodiy guruhi uchun O‘zbekiston bo‘ylab info-tur tashkil etildi. Bu haqda "Dunyo" AA ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra ijodiy safar davomida guruh Rossiyada ommabop bo‘lgan "Znaniye sila" dasturini suratga olishni rejalashtirgan. Dastur Toshkent, Samarqand va Buxorodagi diqqatga sazovor joylar, turistik obyektlar va tarixiy joylarda suratga olinmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur teleloyiha O‘zbekistonning sayyohlik va madaniy salohiyatini Rossiyada keng targ‘ib qilish hamda ushbu mamlakatdan yurtimizga keluvchi sayyohlar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Mualliflarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatuv tufayli millionlab rossiyalik tomoshabinlar O‘zbekistonning yangi turistik yo‘nalishlarini kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

"5 kanal" Rossiyaning yetakchi telekanallari orasida kuchli uchlikka kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер