Rossiyalik qizlarning oʻzbekistonlik yigitlarga turmushga chiqish holatlari koʻpaydi

10:18 17 Dekabr 2020 Jamiyat
1291 0

Rossiyaning Bryansk viloyatida qiziqarli tadqiqot oʻtkazildi. Mutaxassislar 2020-yilda boʻlgan toʻylar sonini tahlil qilishdi va har 10-nikoh — baynalmilal boʻlgan, degan xulosaga kelishdi.

Sputnik manbasining maʼlum qilishicha, 5 333 ta nikohning 566 tasi rossiyaliklar va chet elliklar, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar oʻrtasida boʻlgan. Yaʼni kelin yoki kuyov Oʻzbekiston (19), Tojikiston (20), Qozogʻiston (9), Qirgʻiziston (3) davlatlaridan kelganligi aniqlangan.

Shuningdek, Ukraina (244), Ozarbayjon (84), Belarus (75), Armaniston (37), Gruziya (5) fuqarolari Bryansk viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan turmush qurishgan. Bundan tashqari, Latviya, Litva, Turkmaniston va  Moldaviya Respublikasidan kelgan kishilar rossiyaliklar bilan nikoh qurishgan.

Ayni chogʻda FHDYO idoralarida Isroil, Italiya, Albaniya, Vyetnam, Germaniya, Misr, Meksika, Pokiston, Serbiya, Chexiya fuqarolari bilan nikoh shartnomalari tuzilgan.

RF fuqarolarining chet elliklar bilan turmush qurish holatlari nafaqat Bryanskda, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham qayd etildi. Masalan, Moskvada. Maʼlumki, 2020-yil boshidan buyon poytaxtda yaqin va uzoq xorij davlatlaridan kelgan fuqarolar bilan 6 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan boʻlib, bu roʻyxatdan oʻtgan nikohlarning umumiy sonining 15 foizini tashkil etadi.

Eʼtiborlisi, xalqaro juftliklarda asosan kuyov chet el fuqarosi boʻlib chiqyapti. Lekin xorijlik kelinlar ham kam emas.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер