Rossiyalik investorlar Oʻzbekistonda 300 million dollarlik togʻ-changʻi kurortini quradi

17:02 15 Yanvar 2024 Jamiyat
597 0

Rossiyaning ommabop “Argumenti i fakti” haftanomasida “Rossiyalik investorlar Oʻzbekistonda togʻ-changʻi kurortini quradi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Maqolada Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Rossiyadan kelgan investorlar Oʻzbekiston hududida yana bir dam olish maskani yaratish niyatida ekani haqida xabar qilingan.

Gazetada yozilishicha, tadbirkorlar togʻ-changʻi kurortini quradilar, shuningdek, uni uchta kanat yoʻli va besh yulduzli mehmonxonalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.

“Qishki oromgohni barpo etish uchun jami 300 million AQSH dollari sarmoya kiritiladi. Rejaga koʻra, loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish 2026-yilga moʻljallangan”, — deya maʼlumot beradi “Argumenti i fakti” gazetasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер