Rossiyadan Toshkentga ikki yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi poyezdlarining maxsus reyslari yoʻlga qoʻyiladi

10:22 24 Avgust 2021 Iqtisodiyot
653 0

Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik yaratish maqsadida "Voljskiy — Toshkent“ hamda ”Tolyatti —Toshkent» yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezdlarining maxsus reyslari yoʻlga qoʻyiladi.

“Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida ”Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati tomonidan ”Voljskiy-Toshkent" yoʻnalishida 483-sonli yoʻlovchi poyezdining maxsus reysi yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur poyezd 2021-yil 27-avgust kuni soat 20:57 da «Voljskiy-Toshkent» yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.  

Shuningdek, 30-avgust kuni «Tolyatti-Toshkent» yoʻnalishida 446-sonli yoʻlovchi poyezdining maxsus reysi yoʻlga qoʻyiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da joʻnaydi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni «Voljskiy-Toshkent» hamda «Tolyatti-Toshkent» yoʻnalishlariga chiptalar sotiladi. Yoʻlovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin» deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер