Rossiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Rossiyadagi oʻzbekistonliklar oʻzlarining bank karta va boshqa shaxsiy maʼlumotlarini ishonchsiz shaxslarga bermaslik boʻyicha ogohlikka chaqirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, Voronejdagi “Pyatyorochka”, Tuladagi “Meros grupp” korxonalarida va Moskva hamda Nijnevartovskda ishlayotgan yurtdoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda mamlakatda xorijda ishlayotgan fuqarolar, ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, qonuniy mehnat migratsiyasining afzalliklari haqida maʼlumot berildi.
Fuqarolar Rossiya qonunlarini buzmaslik, oʻzlarining bank karta va boshqa shaxsiy maʼlumotlarini ishonchsiz shaxslarga bermaslik boʻyicha ogohlikka chaqirildi.
Shuningdek, Tuladagi “Fresh” korxonasi rahbariyati bilan Oʻzbekiston fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari boʻyicha muzokara oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring