Rossiyadagi YTHda 5 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi
Rossiyada sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida 5 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 17-dekabr kuni soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan oʻtadigan Saransk-Surskoye-Ulyanovsk yoʻnalishidagi R-178 federal trassasining 209-kilometrida sodir boʻlgan.
Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati boʻyicha boshqarmasi bergan maʼlumotga koʻra, “Cobalt” boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan va avtomobil harakatlanib kelayotgan MAZ yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatda 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi – 1977-yilda tugʻilgan A.A., 1988-yilda tugʻilgan J.I., 1975-yilda tugʻilgan K.S., 2004-yilda tugʻilgan K.A. va 1977-yilda tugʻilgan B.O. halok boʻlgan.
“Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok boʻlganlarning jasadlarini vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi konsulxona xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring