Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda
Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh tortgan va buning uchun tibbiy sabablari boʻlmagan xodimlarni ishdan chetlashtirgan yoki boʻshatgan.
“Forbes”ning maʼlum qilishicha, vaksina olishi majburiy boʻlgan 900 ta kompaniya oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, ularning 47 foizida xodimlarning oʻndan bir qismi, 33 foizida uchdan bir qismi, 12 foizida esa yarmidan koʻprogʻi emlashdan bosh tortgan.
Ushbu kompaniyalar tomonidan emlashdan bosh tortgan xodimlarga turlicha munosabat boʻlmoqda. Tashkilotlarning qariyb 50 foizi xodimlarga nisbatan hech qanday chora koʻrmagan, ammo 16 foizi xodimlarini ishdan chetlatgan, 5 foizi esa ishdan boʻshatgan.
Mutaxassislarning fikricha, majburiy emlash sababli xodimlarning ommaviy ishdan boʻshatilishi yoki boshqa sohalarga oʻtib ketishi holati yuz bermaydi. Chunki hozirgi vaqtda Rossiya mehnat bozori kadrlar yetishmasligini boshdan kechirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring