Rossiyada sunʼiy goʻsht sotuvga chiqariladi
Rossiyaning “BioFoodLab” kompaniyasi sunʼiy goʻsht ishlab chiqara boshladi.
Mazkur mahsulotning dastlabki partiyasi “Bite” brendi ostida, oktabrning oxiridan boshlab mamlakat poytaxtidagi yirik savdo markazlari va restoranlarga tarqatiladi.
Bu haqda kompaniya vakillari “Ins” nashriga maʼlumot bergan.
Kompaniya oʻzi oʻtkazgan tadqiqot natijalarini eʼlon qilgan, unga koʻra, aksariyat isteʼmolchilar, yaʼni 600 ishtirokchining 80 foizi “Bite” kotletlarini haqiqiy goʻshtdan ajrata olmagan.
Tahlilchilar sunʼiy goʻshtning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan oʻsimlik oqsili tez hazm boʻlishini va yogʻlilik darajasi 42 foizga kam boʻlishini aytmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring