Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Rossiyada ota-onasi yoki qonuniy vakillarisiz, qiyin vaziyatda qolgan 14 nafar oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vakillari tomonidan Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari yoʻq boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, aksariyat bolalarning ota-onasi muqaddam Rossiya hududida boʻlish tartibini buzganligi sababli deportatsiya qilingan. Bosh konsulxonada bolalar uchun qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlariga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring