Rossiyada patent olish uchun koronavirusga test topshiriladi

10:02 29 Iyun 2020 Dunyo
1121 0

Bundan keyin xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, vaqtincha roʻyxatdan oʻtishga ariza berish uchun birinchi navbatda COVID-19 uchun tekshiruvdan oʻtishi kerak. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyruq chiqarildi.

Buyruq bilan yangi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar roʻyxatiga kiritildi. Endi agar ushbu infeksiya aniqlansa, boshqa davlatlar fuqarolariga Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.

Koronavirusdan tashqari, ushbu roʻyxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov kasalligi ham kiritilgan.

Buyruqda yozilishicha, Rossiyada qonuniy boʻlish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar boʻyicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19ga laboratoriya tekshiruvidan oʻtishi kerak, yaʼni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.

Ilgari, roʻyxatdan oʻtish va shartnoma asosida Oʻzbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga patent olishlari mumkin edi, shundan keyin ular rasmiy mehnat shartnomasi boʻyicha ishlagan boʻlsa, mamlakatdan chiqmasdan yana bir marta qayta roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega edilar. 17-aprel kuni Davlat dumasi chet el fuqarolarining Rossiyadan chiqib ketmasdan mehnat patentlarini uzaytirish huquqini qonuniylashtirdi.

Moskva uchun 2020-yilda patentning oylik qiymati 5350 rubl (76,6 AQSH dollari) miqdorida belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер