Rossiyada ogʻir jarohat olgan yurtdoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Joriy yilning 13-may kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga Kaliningrad viloyatida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz B.I. ogʻir tan jarohati olib, qiyin ahvolga tushib qolgani sababli Vatanga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro B.I. 2021-yilning may oyidan buyon Kaliningrad viloyatida qonuniy mehnat faoliyatini olib borgan. Joriy yilning 30-aprel kuni ish joyida balandlikdan qulab tushish oqibatida oyogʻi singan va uzoq muddatga mehnat faoliyatiga yaroqsiz boʻlib qolgan.
Hamyurtimizning murojaati zudlik bilan oʻrganib chiqildi va 29-may kuni Fuqarolarning huquq va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring