Rossiyada ogʻir ahvolda qolgan navoiylik oila Oʻzbekistonga qaytarildi

15:34 12 Avgust 2022 Jamiyat
1072 0

Foto: Illustrativ foto

Navoiylik yurtdoshimiz R.F. oilasi bilan Rossiya Federatsiyasining Kamchatka oʻlkasiga 2021-yil tanishlari orqali ishlash uchun keladi.

Qurilish obyektida ehtiyotsizlik tufayli yiqilib, ogʻir tan jarohati oladi va ish beruvchining yordami bilan jarrohlik amaliyotini oʻtaydi.

Fuqaro biroz tuzalgandan soʻng, avval Ryazan viloyatiga, keyinchalik Nijegorod viloyatiga ishlash maqsadida oilasi bilan koʻchib oʻtadi. Yana salomatligi yomonlashib, turmush oʻrtogʻi, 6 va 2 yasharlik bolalari bilan murakkab vaziyatga tushib qoladi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod shahridagi vakilligiga murojaat qiladi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan R.F. va uning turmush oʻrtogʻiga aviachipta rasmiylashtirilib, Vatanga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер