Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oʻzbekistonliklar vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi vakillari fuqaro M.T.ning Novosibirskda dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishda yordam koʻrsatgan.
Natijada barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etilga va zarur hujjatlar fuqaroga topshirilgan. Ona va bola joriy yilning 23-aprel kuni Novosibirsk-Toshkent aviareysi bilan Vatanga sogʻ-salomat qaytarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring