Rossiyada migrantlarga soxta koronavirus maʼlumotnomalarini sotayotgan guruh qoʻlga olindi
Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 maʼlumotnomalarini sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur guruh pandemiya sababli joriy etilgan mavjud cheklovlar sharoitida chet el fuqarolarini mamlakat hududiga olib kirish uchun asos sifatida foydalanish maqsadida soxta tibbiy hujjatlarni tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qoʻlga olish davomida 1000 dan ortiq PSR maʼlumotnomasi blanklari, 400 dan ortiq toʻldirilgan chaqiruv-maʼlumotnomalari, 3 mln rubldan ortiq miqdordagi Rossiya rubli va chet el valyutasi, shuningdek, soxta hujjatlarni sotib olmoqchi boʻlgan chet ellik mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring