Rossiyada mehnat qulligidan qochgan ayol vatanga olib kelindi

18:35 30 Iyul 2024 Jamiyat
749 0

Illyustrativ foto

Rossiyada mehnat qulligidan qochgan ayol Oʻzbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida fuqaro ombudsmanning mintaqaviy vakiliga aldov yoʻli bilan Rossiyaga ishlash uchun olib ketilgan singlisini Oʻzbekistonga qaytarishda amaliy yordam soʻrab, murojaat qilgan.

Murojaatchiga koʻra, joriy yilning yanvar oyida singlisi F.S.ni fuqaro D.O. aldov yoʻli bilan Rossiyaga olib ketganini qayd etgan. U qizni pasportini roʻyxatga qoʻyish vaji bilan olib qoʻyib, 5 oy davomida katta dalada majburlab ishlatgan.

Soʻng singlisi Samara shahriga qochishga muvaffaq boʻlgan, biroq u vatanga qaytib kelishga imkon topolmagan.

Qayd etilishicha, mazkur murojaat darhol ombudsman nazoratiga olinib, “Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti Jizzax viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganilgan.

“Fuqaro F.S. 27-iyul kuni Oʻzbekistonga qaytarib olib kelingan va hozirda u oilasi bagʻrida”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер