Rossiyada mehnat migrantlariga nafaqa berish tashabbusi ilgari surilmoqda
Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva ishsizlik nafaqasini olish boʻyicha mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolariga tenglashtirish taklifini ilgari surmoqda. U shu boʻyicha tayyorlangan murojaatini hukumat raisi Mixail Mishustinga yuborgan. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, tashkilotlar xodimlarini qoʻllab-quvvatlash vaqtida ishsizlik nafaqasini (va boshqa qator imtiyoz va toʻlovlarni) olish hamda bandlikka koʻmaklashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolariga tenglashtirish lozim.
Taʼkidlanishicha, bunday chora Portugaliyada joriy qilingan boʻlib, koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlariga qarshi kurashish davrida 580 ming nafar mehnat migranti mamlakat fuqarolari bilan tenglashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring