Rossiyada xalqaro aviaqatnovlar qachon tiklanadi?
Rossiyadagi eng yirik “Aeroflot“ aviakompaniyasi matbuot kotibi Yuliya Spivakova xalqaro aviaqatnovlar bir necha oydan keyin qayta tiklanishini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Ammo buning aniq sanasini aytish birmuncha murakkab, agar nekbin prognozlarga qaraydigan boʻlsak, xalqaro aviatashuvlar yoz oʻrtasidayoq qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkin“ — dedi u.
Spivakova kelgusida yoʻlovchilar oʻrtasidagi masofani saqlash boʻyicha tavsiyalar paydo boʻlishini ham istisno etmadi.
Uning aytishicha, samolyotlarni kuchaytirilgan dezinfeksiyadan oʻtkazish saqlab qolinadi.
Maʼlumot uchun, Rossiyada 27-martdan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlari toʻxtatilgan edi. Tashuvchi, shuningdek, yuk, pochta, sanitar va gumanitar reyslar bundan mustasno.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring