Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning 5 million rubl ish haqi undirib berildi
Rossiya Federatsiyasining “Stroyservis” va “Koch Konstrakshn” korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 152 nafar oʻzbekistonlik mehnat migrantlari oylik ish haqini undirib berishni soʻrab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
Vakolatxona xodimlari tomonidan yurtdoshlarimizga huquqiy yordam berish maqsadida ular yashab turgan xostelga borilib, yuzaga kelgan muammo oʻrganildi. Muammoni hal etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi, Tergov qoʻmitasi va politsiya xodimlariga murojaat qilindi.
Rossiya huquq tartibot idoralari hamkorligida fuqarolarning bir oylik maoshlari, yaʼni 5 million rubl undirib berildi.
Taʼkidlash joiz, ayni paytda mazkur ish beruvchilarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan va Tergov qoʻmitasi tomonidan jinoyat ishi koʻrib chiqilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring