Rossiyada COVID-19 yuqtirib olganlar soni 680 ming nafardan oshdi

19:59 05 Iyul 2020 Dunyo
795 0

Oʻtgan bir sutka davomida Rossiyada koronavirusni yuqtirib olish bilan bogʻliq 6736 ta yangi holat aniqlandi, deya xabar qilgan koronavirusga qarshi federal tezkor shtab.

5-iyul holatiga koʻra, Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri jami 681 251 kishi COVID-19 yuqtirib olgan.

Bir sutkada 134 nafar bemor koronavirusdan vafot etib, jami bemorlar soni 10 161 nafarga yetdi.

Pandemiya boshlangandan buyon jami 450 750 nafar odam kasallikdan sogʻaygan. Oxirgi bir sutkada esa 3871 kishi kasallikni yenggan.

Bir sutkada 317 mingta test amalga oshirilgan, epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada jami 21 milliondan ziyod laborator tadqiqotlar amalga oshirilgan, deyiladi «Rospotrebnadzor» xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер