Rossiya urushni tugatmoqchi — Donald Tramp

12:24 19 Fevral 2025 Dunyo
280 0

Arxiv foto

AQSH prezidenti Donald Tramp shu oy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan ehtimoliy uchrashuvini maʼlum qildi. Shuningdek, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskvaning bosqini uchun aybdorlikda koʻrsatdi.

Seshanba kuni AQSH va Rossiya rasmiylari Saudiya Arabistonida Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha uchrashuvning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng Tramp jurnalistlarga Kiyevning Rossiya urushni tugatishga chek qoʻyadigan muzokaralarda qatnashishdan bosh tortgani haqidagi shikoyatlarini rad etgan.

“Menimcha, bu urushni tugatish uchun kuchim bor va bu jarayon yaxshi ketmoqda. Muzokaralarga bizni taklif qilmadi, degan xabarlar eshityapman. Uch yildan beri shu urush ichidasiz. Tugatsangiz tugatar edingizda shu vaqtgacha. Rossiya biror yangilik qilishni xohlaydi. Ular vahshiylikni tugatmoqchi”, — deydi Tramp.

Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchisi Ar-Riyoddagi uchrashuvdan keyin kelishuvga erishishga ancha ishonganini aytdi. AQSH Davlat departamentiga koʻra, tomonlar amaliy ishni boshlash uchun yuqori darajadagi guruhlarni tuzishga kelishib oldilar.

Trampning yuqoridagi bayonotlari Zelenskiyning Vashington va Moskva kelishuvini tan olmasligi haqidagi chiqishlaridan soʻng yangradi. U bu fikrlarini Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan koʻrishganda ham taʼkidlagan.

Yevropa Tramp bitim tuzish uchun Moskvaga keng imtiyozlar berishga moyilligidan xavotirda. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Ukrainaga tinchlikparvar qoʻshinlarni yuborishga tayyorligini aytdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa cheklangan miqdordagi harbiylarni urush hududidan tashqaridagi manzillarga joʻnatishni oʻylayapti.

Dushanba kuni Parijda Yevropa davlatlari yetakchilari uchrashuvi qoniqarli natija koʻrsatmaganligi sababli ikkinchi uchrashuvni tashkillashtirish reja qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер