Rossiya Ukrainaning energetika obyektlariga zarba berdi

20:39 02 Iyun 2024 Dunyo
914 0

Rossiya Ukrainaning energetika obyektlariga raketa va uchuvchisiz qurilmalar bilan zarba bergani aytilmoqda. Kiyev rasmiylariga koʻra, hujum oqibatida mamlakatning 5 ta hududida infratuzilma zarar koʻrgan.

«Ruslar Ukraina energetika obyektlariga navbatdagi zarbani berishdi. Mart oyidan buyon bu fuqarolik energetika infratuzilmasiga qarshi amalga oshirilgan oltinchi dron hujumidir», deyiladi Ukrenergo tashkiloti xabarida.

Ukraina havo mudofaa kuchlari Rossiyaning 53 ta raketasidan 35 tasini hamda 47 ta dronidan 46 tasini urib tushirgan.

Rus armiyasi mart oyidan beri Kiyev kuchlari uchun xizmat qilayotgan energetika markazlari, qurol-aslaha omborlariga hujumlarini kuchaytirdi. Issiqlik va gidroenergetika ishlab chiqarishning asosiy qismini vayron qildi. Bunday tinimsiz zarbalar elektr importini rekord darajada oshirdi.

Ushbu oxirgi raketa va dron zarbalari AQSH Ukrainaning shimoli-sharqidagi Xarkov viloyatini himoya qilishda Rossiyaga qarshi qurollardan foydalanish borasidagi ruxsatidan bir kun oʻtib sodir boʻldi. Zelenskiy oʻz hududini himoya qilishda ittifoqchilari tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanish uchun ruxsat soʻrab kelayotgan edi. Baʼzi gʻarb davlatlari Zelenskiyning ushbu istagiga rozilik bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер