Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

10:08 22 May 2018 Siyosat
2520 0
Foto: Комсомольская правда

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, shuningdek, Rossiya – O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida kecha Toshkentga keldi. Bu haqida mazkur vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i Rossiyana Markovskaya xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Dasturga muvofiq RF mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, respublika Mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazadi”, - deydi u.

R.Markovskaya muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinishini qayd etib o‘tgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер