Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

15:17 14 Avgust 2020 Dunyo
1576 0

Yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator subyektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik oʻsayotgani va bu holatlarning oldini olish maqsadida hududiy rahbarlar qoʻshimcha choralar koʻrishi lozimligini maʼlum qilgan edi.

Shu munosabat bilan Superjob tadqiqotlar markazi mamlakat aholisi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi va unda ishtirok etganlarning qariyb 60 foizi mehnat migrantlari uchun ishchi vizalarini berish tartibini murakkablashtirish taklifini qoʻllab-quvvatlagan.

Medvedevning taʼkidlashicha, yangi qoidalarga koʻra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin boʻladi. Koronavirus pandemiyasi davrida mehnat migrantlarining 40 foizi ishsiz qolgan va bu Rossiyada jinoyatchilikning oʻsishiga sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер