Rossiya Isroilga qarshi guruhni qurollantirishi mumkin
Rossiya Yamandagi husiylar harakatiga kemalarga qarshi ballistik qanotli raketalar yetkazib berishni koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “Newsweek” nashri rus manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Husiylar Qizil dengiz mintaqasida savdo va harbiy kemalarga hujum qilishi bilan tanilgan. Bunday qurollarga ega boʻlish mintaqada yanada keskinlikni oshirishi mumkin.
Eron bilan yaxshi munosabatda boʻlgan husiylar Isroilning Gʻazodagi harakatlariga javoban uning kemalarini nishonga olib keladi. Bunday harakatlar ushbu yoʻnalishda dengiz qatnoviga taʼsir qilish bilan bir qatorda yuk tashish yoʻllarini himoya qilishga ham toʻsqinlik qiladi.
Moskvaning potensial aralashuvi husiylarni Eron va boshqa kuchlarga qarshi qoʻyish uchun ishlatilishi mumkin. Guruh allaqachon Suriya va “Hizbulloh” orqali sotib olingan Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalarga ega ekanligiga ishoniladi.
Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon husiylarga yangi raketalar yuborish gʻoyasidan voz kechish uchun Putin bilan gaplashgan.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 11 xodimi Yamandagi husiylar harakati tomonidan hibsga olingani haqda xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring