Rossiya IIV Oʻzbekistonning 150 ming fuqarosiga Rossiyaga kirishga ruxsat berdi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi taqiqi boʻlgan 150 ming oʻzbekistonlik va 150 ming tojikistonlik mehnat migranti uchun mamlakatga kirishga ruxsat berdi.
Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenovning maʼlum qilishicha, yuqoridagi migrantlar toifasiga faqat Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiq qoʻyilgan fuqarolar kiradi. Sud qarori bilan taqiqqa tushgan fuqarolar uchun Rossiya chegarasi belgilangan muddatga qadar yopiq hisoblanadi.
Amnistiyaga tushgan fuqarolar joriy yil 18-avgust kuni maʼlumotlar bazasidan olib tashlangan. Shu bilan birga, fuqaro unga mamlakat hududiga kirishga ruxsat berilganiga ishonch hosil qilish uchun Ichki ishlar vazirligi saytidan maʼlumotlarni tekshirib koʻrishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, migratsion roʻyxatdan oʻtgan, lekin ruxsat beruvchi hujjatlarini joriy yil 30-sentyabrgacha uzaytirishga ulgurmagan mehnat migrantlari shu yilning 30-dekabrigacha hujjatlarini rasmiylashtirishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring