Rossiya havo hududiga kirgan 16 ta dron urib tushirildi
Illyustrativ foto
Rossiya mudofaa vazirligi mamlakat hududida 16 ta uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilinganini maʼlum qildi. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.
Bildirilishicha, urib tushirilgan dronlarning sakkiztasi Qrim ustida, beshtasi Belgorod viloyati hududida va qolgan uchtasi Astraxan viloyati osmonida aniqlanib, yoʻq qilingan.
Belgorod viloyati rahbari Vyacheslav Gladkovning maʼlum qilishicha, kecha tunda viloyatga qilingan dronlar hujumi oqibatida bir nafar fuqaro halok boʻlgan. Shuningdek, hujum oqibatida hududdagi koʻp qavatli va xususiy uylar, xoʻjalik binolari, avtomobillar hamda infratuzilma obyektlari shikastlangan.
Hozircha dronlar harakati aniqlangan Rossiyaning boshqa hududlaridagi holatlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring