Rossiya bilan hamkorlikda Yevropada yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish zarur — Makron
Emmanuel Makron Rossiya bilan aloqa kanallarini qayta tiklash haqida bayonot berdi. Bu haqida “Kontekst” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Fransiya prezidentining taʼkidlashicha, Ukrainadagi mojaro tugaganidan soʻng Rossiya bilan hamkorlikda Yevropada yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish zarur boʻladi.
“Biz ruslar bilan Yevropa doirasidagi muzokaralarni ukrainlarga bosim oʻtkazmasdan va ushbu jarayonda uchinchi tomonlarga bogʻliq boʻlmagan holda qayta yoʻlga qoʻyishimiz muhim. Shu sababli men bir qator yevropalik hamkasblarimga muloqotni qayta boshlashni taklif qildim”, — deydi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
Makronning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa davlatlari Moskva bilan mustaqil aloqalar oʻrnata olmasa, bu vazifa amalda Qoʻshma Shtatlar ixtiyoriga oʻtib ketishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring