Rossiya aviakompaniyasi Moskvadan Qarshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ymoqda
Rossiyaning “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi “Moskva (Domodedovo) — Qarshi” yo‘nalishida yangi reys ochayapti.
Bu haqda ushbu aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Qatnovlar shu yilning 2 mayidan yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar Moskvadan Qarshiga haftaning seshanba va chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga esa seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalar sotuvga chiqarilgan. Barcha reyslar zamonaviy “Airbus” avialaynerlarida amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring