Ronaldu Mbappening transferiga fikr bildirdi
“Al-Nassr” va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu fransiyalik isteʼdodli futbolchi Kilian Mbappening “Real Madrid”ga oʻtishi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Tomosha qilish endi mening navbatim! “Bernabeu”ni qanday yoritishingni koʻrishni sabrsizlik bilan kutyapman. Hala Madrid!”, degan “Real” afsonasi Ronaldu.
Krishtianu “qaymoqranglilar” safida 450 uchrashuv oʻtkazib, 451 ta gol urgan va turli xil turnirlarda gʻolib chiqqan klub afsonalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, portugal jamoaning tarixidagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring