Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomani bekor qilganini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qildi.
Bugun, 22-noyabr kuni «Manchester Yunayted» matbuot xizmati tomonlar oʻzaro kelishuvga erishgani va hamkorlikni toʻxtatgani haqida xabar berdi.
«Manchester Yunayted» bilan muzokaralardan soʻng shartnomamni bekor qilish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdik. Men «Manchester Yunayted»ni va hech qachon oʻzgarmas muxlislarni yaxshi koʻraman. Yangi ishni izlash vaqti keldi shekilli. «Manchester Yunayted»ga omad tilayman», deya Ronalduning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring