“RoboCUP” televizion musobaqasi eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasini eʼlon qiladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
“RoboCUP” musobaqasi Robo-sumo hamda Robo futbol yoʻnalishdan iborat boʻlib, 2 yosh toifasi oʻrtasida oʻtkaziladi.
Robo sumo yoʻnalishi arduino platformasida yasalgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi 16 ta robot oʻrtasida oʻtkaziladi. Ushbu yoʻnalishda qatnashish uchun 2 kishidan iborat boʻlgan jamoa oʻz robotini yasashi kerak. Musobaqa gʻoliblari Xitoyda boʻlib oʻtadigan Asian Science Camp oromgohida qatnashishlari uchun yoʻllanma beriladi.
Robo futbol yoʻnalishi Lego konstruktorlarida yasalgan robotlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Musobaqa gʻoliblari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga kirish uchun 30 foiz qoʻshimcha ballarga ega boʻladi hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi.
Musobaqaga qatnashish uchun barcha jamoalar onlayn ariza toʻldirishlari talab etiladi. Arizalar 2019 yilning 5martiga qadar reg.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring