Robaxon Maxmudova “Adolat” SDP raisi etib saylandi
Bugun, 20-yanvar kuni “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi boʻlib oʻtdi.
Plenumda partiyaning 2023-yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024-yilgi faoliyat yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov oʻz arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash aʼzolarining ochiq ovoz berish yoʻli bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.
Partiya raisligiga Maxmudova Robaxon Anvarovna nomzodi koʻrib chiqilib, Siyosiy Kengash aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring