Rishton kulolchiligi Rossiyada elektron savdo platformalari  orqali targʻib etiladi

21:13 10 Fevral 2023 Jamiyat
2611 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilib oʻsgan Abbosbek Mamayev bir necha yillardan buyon Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlikni targʻib etuvchi va katta auditoriyaga ega kanallari bor.

— Rishton tumani hokimligida boʻlib, kulollarimiz bilan samimiy suhbatlashdik, shu tariqa hamkorlikda ishlash boʻyicha yangi rejalar tuzdik, — deydi yosh tadbirkor Abbosbek Mamayev. — Shuningdek, “Mingboshi keramik” kulolchilik klasteri, «R+Koron» xususiy korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi faoliyati bilan tanishdim.

Oʻz navbatida «Chinor+” turistik majmuasi hamda paxta-toʻqimachilik klasteri - «Rusoʻzbekteks» xorijiy korxonasi tasarrufidagi yangi qurilayotgan toʻqimachilik fabrikasi boʻldim. Umuman olganda, Rishton tumanida faoliyat koʻrsatuvchi koʻplab tadbirkorlar bilan muloqot yangi-yangi gʻoyalarga, loyihalarga turtki berdi.

Xususan, istiqbolli hamkorlik kelishuvi asosida yaqin kunlardan boshlab Rishton kulolchiligi Abbosbek boshchiligida Rossiyadagi elektron savdo platformalari orqali keng targʻib etiladi. Bu mahalliy tadbirkorlarga eksport imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер