Rim Papasi saylovi qachon boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi
Rim-katolik cherkovi kardinallari 7-may kuni cherkovning yangi rahbarini tanlash uchun maxfiy saylov oʻtkazadi. Bu haqda Reuters agentligi maʼlum qildi.
Sana haqidagi qaror kardinallarning yopiq yigʻilishida Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan soʻng amalga oshirilgan.
Saylovda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 135 ga yaqin, 80 yoshdan kichik kardinallar ovoz beradilar.
Eslatib oʻtamiz, Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etgandi. Papa shu yilning 14-fevral kuni nafas olishda qiynalgani uchun Rimning Gemelli kasalxonasiga yotqizilgan va unga ikki tomonlama pnevmoniya hamda yengil buyrak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring