Rejissyor Toshxoʻja Xoʻjayev hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan rejissyor Toshxoʻja Xoʻjayev hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan hujjatli film suratga olinmoqda.
“Zamon qahramoni” turkumi ostida suratga olinayotgan film syomka jarayonlarining ilk qismi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida oʻtkazildi.
Film ssenariy muallifi Xurshida Ismoilova, rejissyor Mehribon Alizoda, operator Muhiddin Hayitov, film direktori Sunnatillo Samatov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring