Respublikaning 6 ta viloyatida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi
Oʻzbekistonning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 31-dekabr – 2026-yil 5-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, shu jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Shu munosabat bilan togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring