Respublika yosh tomoshanbilar teatri xalqaro uyushmaga a’zo bo’ldi

13:00 01 Mart 2018 Madaniyat
3521 0

Respublika yosh tomoshabinlar teatri Xalqaro bolalar va yoshlar uchun teatrlar uyushmasi(ASSITEJ) a’zosiga aylandi. Shu vaqtning o’zida Pekinda o’tkaziladigan teatr yarmarkasi, Hindiston, Gruziya va Daniyada tashkil etiladigan festivallar va boshqa madaniy tadbirlarga taklifnomalar ham oldi. 
 Gap shundaki, Respublika yosh tomoshabinlar teatri vakillari Tokio shahri mezbonlik qilgan ASSITEJ forumida ishtirok etdi. Unda qit’amizning 17 mamlakati teatr san’atkorlari ham qatnashdi. Uchrashuv Osiyo bolalar uchun teatrlar festivali doirasida o’tkazildi. Soha mutaxassislari bolalar va yoshlar teatrlari yo’nalishida erishilayotgan muvaffaqiyatlar, uchrayotgan to’siqlar bo’yicha fikr almashdi, o’z tajribasi va bilimlari bilan o’rtoqlashdi.
— Biz O’zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, do’stlar klubimiz faoliyati, spektakllar, tomoshabinlar va ijodiy rejalarimiz haqida so’zlab berdik, — dedi teatr direktori Zulfiya Hamroeva. — Barcha ishtirokchilar bizning taqdimotni katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. Muhokamalardan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar teatri jahon harakatiga integratsiyalashishdir. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ASSITEJ o’z a’zolarini birlashtiradi, metodik ko’mak ko’rsatadi va treninglar, seminarlar, festivallar va uchrashuvlar o’tkazish yo’li bilan ularni qo’llab-quvvatlaydi. Biz hamkorlik bo’yicha loyiha takliflarini ishlab chiqdik, shu kabi forumni kelgusi yili Toshkentda o’tkazish masalasi ham ko’rib chiqildi.
Zulfiya IBROHIMOVA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер