Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi 1 500 taga yetkaziladi

13:47 05 Yanvar 2024 Jamiyat
409 0

Mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasiga koʻra, tuman/shaharlar darajasida ixtisoslashgan yordam hajmini koʻpaytirish orqali mazkur hududlarda yashovchi aholining viloyat markazlariga tibbiy yordam olish borasidagi murojaatlarini 50 foizgacha (yiliga oʻrtacha 7 foizdan) qisqartirish moʻljallanyapti.

Shuningdek, viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar ulushi 40 foizga oshiriladi.

Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi 1 500 taga yetkaziladi.

Bundan tashqari, 12 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarning klinikalari koʻp tarmoqli shifoxonalarga aylantirish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер