Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida jigar va buyrak koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi amalga oshiriladi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yangi jarrohlik boʻlimi ishga tushirilmoqda. 2019-yilda qurilishi boshlangan yangi bino 2022-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi.
Ushbu boʻlimdagi operatsion bloklar ikki xonadan iborat boʻlib, ularning birida donordan aʼzo olinadi va zudlik bilan yonma-yon joylashgan ikkinchi xonadagi bemorga koʻchirib oʻtkaziladi.
Ayni damda mazkur muassasada mutaxassislar tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kuni kecha Turkiyadan 4 nafar mutaxassis jigar transplantatsiyasini koʻchirib oʻtkazishni oʻrganib qaytishgan boʻlsa, haftasiga kamida 2-marta buyrak transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilmoqda. Bu jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur bino toʻliq ishga tushirilsa, yiliga ikki mingga yaqin noyob jarrohlik amaliyotini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring