Respublika boʻylab jami 53,7 ming aholi gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi

10:22 20 Fevral 2025 Jamiyat
293 0

Illyustrativ foto

Taʼmirlash va gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli 20-fevral kuni ayrim hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati.

Unga koʻra, Toshkent shaharning Mirzo Ulugʻbek tumanida 10:00 dan 18:00 gacha 484 ta aholi va 6 ta ulgurji isteʼmolchi;

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida 13:00 dan 17:00 gacha, Zangiota va Toshkent tumanlarida 09:00 dan 17:00 gacha 4625 ta aholi va 82 ta ulgurji isteʼmolchi;

Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Boyovut va Guliston tumanlarida 10:00 dan 18:00 gacha 16933 ta aholi va 209 ta ulgurji isteʼmolchi;

Buxoro viloyatining Jondor tumani da 13:00 dan 17:00 gacha 580 ta aholi isteʼmolchi;

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri () va Qarshi tumanida 10:00 dan 17:00 gacha 7020 ta aholi va 22 ta ulgurji isteʼmolchi;

Surxondaryo viloyatining Termiz va Sherobod tumanlarida 08:30 dan 17:00 gacha 13892 ta aholi va 365 ta ulgurji isteʼmolchi;

Navoiy viloyatining Gʻazgʻon shahrida 04:00 dan 17:00 gacha 1154 ta aholi va 11 ta ulgurji isteʼmolchi;

Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Shovot tumanlarida 10:00 dan 17:00 gacha 893 ta aholi va 12 ta ulgurji isteʼmolchi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir va Xoʻjayli tumanlarida 14:00 dan 18:00 gacha 8110 ta aholi isteʼmolchi.

Taʼkidlanishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер