Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish mumkin emas
Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiisteʼmol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
— voyaga yetmaganlarning isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni isteʼmol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;
— xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan oʻz sogʻligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
— voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga daʼvat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;
— haqiqiy yoki oʻyinchoq quroldan foydalanish;
— ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga boʻlgan ishonchiga putur yetkazish;
— voyaga yetmaganlar olishi yoki isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan telekanallarda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring