Reyd: 390 mln. zarar keltirilganligi aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida reyd tadbirlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Shu kunga qadar isteʼmolchilar tomonidan “Xoʻjamayxona-Boysun” markaziy ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanish holatlarining 30 tasi “Darband” va 3 tasi “Hunarmadlar” MFYda aniqlandi. Keltirilgan zarar miqdori jami 369 mln.ga yaqin mablagʻni, qayta tarmoqqa ulanish xarajatlari esa 22 mln. soʻmdan ortiqni tashkil etmoqda.
Huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring