Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Diqqatga sazovor turistik obyektlar butunjahon roʻyxati”ga kiritildi

12:04 11 Iyul 2023 Madaniyat
1468 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulugʻbek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon roʻyxati”ga kiritilganligi toʻgʻrisida sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar.

Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon roʻyxati”ga kiritildi.

2017-yilning 7-noyabr kuni Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo Madaniyat, fan va taʼlim kengashining ikkinchi sessiyasida “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi uchun turistik diqqatga sazovor joylarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida«gi Konvensiya qabul qilindi.

Konvensiyani amalga oshirish doirasida Turizmning jozibadorligi va turizmni barqaror rivojlantirish boʻyicha xalqaro qoʻmita tuzildi.

Xalqaro qoʻmita faoliyatining asosiy masalalaridan biri turistik diqqatga sazovor joylarni ommalashtirish, jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yoʻlida turistik hududlarni targʻib qilishdan iborat.

Xalqaro qoʻmitaning faoliyati xalqaro, mustaqil, nodavlat, nosiyosiy xarakterga ega boʻlib, BMTning taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha asosiy hujjatlari, Yevroosiyoda turizm va sayohatlar boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi (Antaliya konvensiyasi) hamda “Jamiyatlar, xalqlar va millatlarning barqaror rivojlanishi manfaatlari yoʻlida turistik diqqatga sazovor joylarni targʻib qilish toʻgʻrisida«gi konvensiyalarga asoslanadi.

Muayyan obyektni maxsus turistik diqqatga sazovor joylarning Jahon roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror Turizmni barqaror rivojlantirish boʻyicha xalqaro qoʻmita sessiyasi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonning 4 ta tarixiy diqqatga sazovor joylari ushbu roʻyxatga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер