“Real Madrid”da jiddiy muammolar kuzatilmoqda
“Real Madrid”ning 10 nafar futbolchisi “Alaves”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, La Liganing navbatdagi tur oʻyinida Xabi Alonso jamoasiga quyidagi futbolchilar yordam bera olmaydi:
- Dani Karvaxal;
- Eder Militao;
- Antonio Ryudiger;
- Trent Aleksandr-Arnold;
- Eduardo Kamavinga;
- Endrik;
- David Alaba;
- Karreras;
- Fran Garsiya;
- Eduardo Mendi.
Shuningdek, markaziy himoyachi Xyoysen, yarim himoyachi Federiko Valverde va jamoa yetakchisi Kilian Mbappeda ham muammolar mavjud. Ushbu futbolchilar ham “Alaves”ga qarshi oʻyinda maydonga tushmasliklari mumkin.
Maʼlumot uchun, avvalroq, agar ushbu oʻyinda “Real Madrid” magʻlub boʻlsa, Xabi Alonso ishdan boʻshatilishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar tarqalgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring