“Real Madrid” o‘z murabbiylarini O‘zbekistonga yuboradi

18:49 22 May 2018 Sport
1501 0
Foto: standard.al

Shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi birinchi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. 

Ushbu kelishuvga asosan, kecha “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo yurtimizga tashrif buyurdi. 
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida ispaniyalik mutaxassislar mamlakatimiz sport sohasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Unda “Qirollik klubi”ning “Real Madrid Foundation Clinic” dasturi asosida “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер