“Real Madrid” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 6-mart kuni Ispaniya La Ligasining 27-turidan oʻrin olgan bahslari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Real Madrid” jamoasi Vigo shahrida “Selta” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:2 hisobida “qaymoqranglilar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 11-daqiqada Orelyen Chuameni tomonidan ochildi. 27-daqiqada mezbonlar aʼzosi Borxo Iglesias hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan toʻrtinchi daqiqada Federiko Valverde hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa bahs “madridliklar“ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ushbu gʻalabadan soʻng, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa ochkolari sonini 63 taga yetkazib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring